Kirish
Accessibility (kirish imkoniyati) — veb-sahifani imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun ham to’liq foydalanish mumkin bo’lishini ta’minlash. Bu nafaqat ko’zi ojizlar, balki har qanday foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi.
1. Semantik HTML va ARIA
Semantik HTML elementlari yordamida ko’plab accessibility muammolarini avtomatik hal qilish mumkin. Lekin ba’zi hollarda ARIA atributlari yordamga keladi.
Bosh sahifa
Men haqimda
Bosh sahifa
Men haqimda
2. Klaviatura orqali boshqarish
Har bir interaktiv element (button, link, input) klaviatura orqali boshqarilishi kerak. Maxsus elementlar uchun tabindex va ARIA atributlaridan foydalaning.
Saqlash
Maxsus tugma
3. Ekran o’quvchilar uchun matn
aria-label, aria-labelledby, aria-describedby atributlari yordamida ko’rinmaydigan, lekin ekran o’quvchilar uchun muhim bo’lgan matnlarni qo’shing.
4. Rasm va media uchun alt va caption
Kod namunasi uchun rasm
5. Rang kontrasti va rangga bog’liq bo’lmaslik
Matn va fon o’rtasida yetarli kontrast bo’lishi kerak. Rangga bog’liq bo’lmagan indikatorlar ham qo’shing.
/* Yaxshi kontrast */
body {
color: #222;
background: #fff;
6. Formalar va label’lar
Har bir input uchun  bo’lishi shart.
Email manzilingiz