Ortga qaytish

FreeCodeCamp orqali o'rganish tajribam

Hayotbek Turgunov

Mundarija

Nega FreeCodeCamp?

FreeCodeCamp — bu dasturlashni bepul va amaliy o’rganish uchun dunyodagi eng yaxshi platformalardan biri. Men u yerda ko’plab yangi narsalarni o’rgandim.

Men o’rgangan asosiy yo’nalishlar:

  1. Responsive Web Design — HTML va CSS asoslari.
  2. JavaScript Algorithms — Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.
  3. Front End Development Libraries — React, Bootstrap va boshqalar.

Responsive Web Design Certification

Bu yo’nalishda men zamonaviy veb-sahifalarni yaratishning barcha asoslarini o’rgandim. Kurs davomida quyidagi muhim mavzularni o’zlashtirdim:

  • HTML5 va CSS3: Semantik teglar va vizual dizayn.
  • Flexbox va CSS Grid: Murakkab tartibdagi (layout) sahifalarni qurish.
  • Responsive Design: Sahifalarning barcha qurilmalarda (telefon, planshet, kompyuter) to’g’ri ko’rinishi.
  • Accessibility: Imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar o’rinlari uchun qulay veb-sahifalar yaratish.

Yakuniy loyihalar:

Ushbu sertifikatni olish uchun 5 ta real loyihani muvaffaqiyatli yakunladim:

  1. Tribute Page
  2. Survey Form
  3. Technical Documentation Page
  4. Product Landing Page
  5. Personal Portfolio Webpage

Natija qanday bo’ldi?

Ushbu platforma orqali nafaqat nazariy bilim, balki real loyihalar ustida ishlash tajribasiga ham ega bo’ldim. Har bir sertifikat ortida o’nlab soatlik mehnat va qiziqarli topshiriqlar yotibdi.

Dasturlashni endi boshlayotganlarga ushbu platformani tavsiya qilaman!